Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoy Ukrainadagi urushni hal qilish rejasini taqdim etdi

12 bandni o‘z ichiga olgan hujjat “Xitoyning Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish pozitsiyasi” deb nomlanadi.
Ular:
▪️ barcha mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilish;
▪️ sovuq urush mentalitetidan voz kechish;
▪️ o‘t ochishni to‘xtatish;
▪️ tinchlik muzokaralarini boshlash;
▪️ gumanitar inqirozni hal qilish;
▪️ tinch aholi va harbiy asirlarni himoya qilish;
▪️ atom elektr stansiyalari xavfsizligini ta’minlash;
▪️ strategik xavflarni kamaytirish;
▪️ don eksportini kafolatlash;
▪️ bir tomonlama sanksiyalarni tugatish;
▪️ ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlari barqarorligini ta’minlash;
▪️ urushdan keyingi tiklanishga hissa qo‘shish.

Reja e’lon qilinishi arafasida Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I Moskvaga keldi va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. AFPga ko‘ra, rejani taqdim etishdan oldin Xitoy Ukraina bilan maslahatlashmagan.