Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoyda harakatlanayotgan yuk poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida 6 kishi bedarak yo‘qoldi

Xitoyning alyuminiy davlat korporatsiyasi (Chalco)ga tegishli yuk poyezdi Xenan provinsiyasidan Xitoy markaziga tomon yo‘lga chiqqan. Gunya shahar hokimiyatining bayonotiga ko‘ra, 6 odam izsiz g‘oyib bo‘lgan, deb yozmoqda Ria Novosti.

Hodisa chorshanba kuni Gunya shahrining Chenjon tumanida mahalliy vaqt bilan soat 22:00 larda sodir bo‘ldi. Poyezdning relsdan chiqib, qishloq uylari ustiga qulab tushgani hali ham noma’lum.

Yo‘qolganlarning 4 nafari poyezd yo‘lovchilari, 2 nafari esa mahalliy aholi vakillari bo‘lgan.