Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoyda koronavirusdan karantin uchun ajratilgan besh qavatli bino qulab tushdi

Xitoyning Syuanchjou shahar okrugining Lichen tumanidagi besh qavatli Xinjia Express mehmonxonasi qulab tushdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi. Baxtsiz hodisa bugun mahalliy vaqt bilan soat 19:45 da ro‘y bergan.

Mahalliy rasmiylar ma’lumotlarga ko‘ra, bu paytda binoda 70ga yaqin kishi bo‘lgan. Ayni paytda vayronalar ostidan 34 kishi qutqarib olingan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimining aytishicha, ushbu mehmonxona koronavirusga chalinganlikda gumon qilinayotgan yoki uni yuqtirib olganlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan insonlar uchun karantin markaziga aylantirilgan edi.