Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoydagi Ipak yo‘li xalqaro futbol musobaqasida SamDU talabalari jamoasi 2-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 22-30 oktyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahridagi Shansi pedagogika universitetida “Silk Road Cup University Football Tournament” xalqaro Ipak yo‘li universitetlararo futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetining talabalaridan iborat futbol jamoasi ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
1-o‘rin M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti jamoasiga, 3-o‘rin esa mezbon jamoa vakillariga nasib etdi.

Sh.ERMATOV.