Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoydan kelganlarga 14 kun davomida oila a’zolari bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi

Xabaringiz bor, bugun, 4 fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 17:05 larda “Uzbekistan Airways” AJning charter reysi Pekin shahri aeroportidan Toshkent shahriga uchib keldi.

Ushbu reys bilan Xitoyning qator hududlaridan 250 nafar O‘zbekiston fuqarolari va 13 nafar ekipaj a’zolari Vatanga qaytdi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan Xitoydan qaytib kelayotgan barcha yo‘lovchilar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi. U yerda butun karantin davrida malakali tibbiyot xodimlar kuzatuvi ostida bo‘ladilar hamda barcha zaruriy dori-darmon, tibbiyot vositalari va tegishli oziq-ovqat bilan bepul ta’minlanadi.

Uxan shahridan va Xitoyning boshqa mintaqalaridan olib kelinayotgan O‘zbekiston fuqarolari butun inkubatsion davrda karantinda ushlab turiladi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 14 kun davomida ularning oila a’zolari, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi.