Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoyga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi jo‘natildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 11 fevralda Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risidagi farmoyishni imzolagan edi.

12 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasining Xubey provinsiyasiga insonparvarlik yordami yuborildi.

Gumanitar yuk tarkibida tibbiy yo‘nalishdagi eng zarur mahsulotlar – bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya qiluvchi kombinezonlar, yuz uchun filtrlovchi niqoblar bor edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda insonparvarlik yordamining ikkinchi bosqichi shakllantirildi.

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining birodar Xitoy xalqiga do‘stona yordamining ikkinchi partiyasi jo‘natildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.