Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoylik investorlar Bulung‘ur tumanida nimalar barpo etayapti?

Tumanda Chin o‘lkasining Chen Chongzhou korxonasi tomonidan “Xitoy Besh Barmoq qurilish materiallari” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi tashkil qilingan. Bu yerda pishiq g‘isht ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish maqsadida 3 million AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya hisobidan 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Bugungi kunga qadar 2,83 million dollarlik miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilgan. Bu haqda Bulung‘ur tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bulung‘urda Xitoy Xalq Respublikasining ilg‘or texnologiyalari asosida “Agrosanoat klasteri” tashkil qilinmoqda. Chorvachilik kompleksi shaklida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida “Henan Wanbang Selected Surrly Chain Management Co. LTD” kompaniyasi bilan hamkorlik qilinmoqda. Buning uchun “Samarkand Richland International investment” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasi tashkil etilgan. Bugungi kungacha xitoyliklar ushbu loyihaga 1,5 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritgan.