Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xo‘jamazgillik yoshlarning kitob o‘qishga mehri bo‘lakcha

Bulung‘ur tumanining olis Xo‘jamazgil mahallasidagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 40 nafar iqtidorli o‘quvchisi Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga keldi.

Bu yerda ular markazda yaratilgan sharoitlar, kutubxona faoliyati va  kutubxona fondidagi mavjud adabiyotlar bilan tanishdi. Shu bilan birga badiiy kitoblar o‘qidi, gazetalar taxlamlarini varaqlashdi.

Kutubxonachilar tashabbusi bilan axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari X.Ochilov ishtirok etdi va o‘quvchilarning kitob o‘qishga mehrini oshirish, buning uchun markaz xodimlari Xo‘jamazgil kabi viloyatimizning olis qishloqlarida shunday tadbirlar tashkil etishi zarurligini ta’kidladi.