Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorazmliklar Samarqandning turizm salohiyati bilan tanishmoqda

Samarqand viloyatida mamlakatning qo‘shni viloyatlari orasida ichki turizmni ommalashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Buning samarasi o‘laroq viloyatda turizm sohasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, yangi tashkil etilgan ekologik va agroturizm ob’yektlari, shuningdek, boshqa zamonaviy infratuzilma bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatining bir nechta tuman hokimliklari vakillari, Turizmni rivojlantirish departament xodimlari, turoperatorlar, tadbirkorlar, viloyat hunarmand uyushmasi a’zolari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari Samarqand shahrining tarixiy obidalari, e’tiborli maskanlarini ziyorat qildilar.

Mehmonlar safarining birinchi kunini «Konigil» turizm qishlog‘idan boshlab, majmuadagi yangi hunarmandchilik markazi, etnoturizm, agroturizm, gastronomik va boshqa sayyohlik yo‘nalishlarini qamrab olgan muhitdan bahramand bo‘lishdi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xorazmliklarning viloyat bo‘ylab sayohati davom etmoqda.