Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorijda hujjatlarini yo‘qotib qo‘ygan samarqandlik ayolga yordam ko‘rsatildi

Yurtdoshimiz G.L. 2020 yilning yanvar oyida Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida boradi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotib qo‘yadi.

Shundan so‘ng, mehnat faoliyatini davom ettira olmasdan, murakkab moliyaviy ahvolda qoladi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga O‘zbekistonga qaytishda amaliy yordam so‘rab murojaat qiladi.

L. G. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan O‘zbekistonga qaytarildi, deyiladi agentlik xabarida.