Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorijda mehnat qilishni istaganlarga 1000 AQSh dollari ekvivalentida iste’mol krediti beriladi

Kredit mamlakatdan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini boshlash bilan bog‘liq dastlabki xarajatlarni to‘lash uchun mo‘ljallangan.
Bunda mehnat migrantlariga xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda 2 million so‘m miqdorida bir yil muddatga beriladi:

-2020 yil 1 yanvardan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasida;
- 2021 yil 1 yanvardan tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkada.

Kredit uchun talab qilinadigan hujjatlar:

➖bank tomonidan belgilangan shakldagi ariza;
➖qarz oluvchi va qo‘shimcha to‘lovchining pasporti;
➖mehnat organining iltimosnomasi.

Shuningdek, ushbu kreditni olish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan shartnoma tuzish lozim.

Sug‘urta kompaniyalariga yiliga bir marotaba xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun sug‘urtalangan har bir mehnat migranti uchun 50 ming so‘m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etiladi.