Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xushxabar: Nurobodlik Sevinch Alimova - Osiyo chempioni

Joriy yilning 19-29 iyun kunlari Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha 15-Osiyo chempionati o‘tkazildi. Unda 18 ta davlatdan kelgan shaxmatchilar oltmish to‘rt katak «ichida» bellashishdi.

Samarqand viloyati sharafini himoya qilgan nurobodlik Sevinch Alimova  15 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida shaxmatning "Vliss" yo‘nalishida faxrli birinchi o‘rinni egalladi va Osiyo chempioni bo‘ldi.

Sevinch uch karra O‘zbekiston chempioni, ikki marta kumush medal sohibi, 2018 yil oktyabr oyida Gretsiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida faol qatnashgan iqtidorli shaxmatchilarimizdan sanaladi.