Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yana bir qidiruvdagi shaxs Kattaqo‘rg‘on shahrida ushlandi

Kecha, 6 iyul kuni soat 10:00 larda Kattaqo‘rg‘on shahri, Alisher Navoiy ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tgan piyoda, 1986 yilda tug‘ilgan M.A.ni to‘xtatgan.

Uning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, M.A. Kattaqo‘rg‘on shahar IIBga topshirilgan.