Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yana ikki nafar fuqaro is gazidan vafot etdi

Bugun, 26 fevral kuni soat 09:20 da Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Madaniyat MFYdagi uylarning birida xonadonga o‘rnatilgan «AGV» isitish pechidan is gazi sizib chiqqan.

Oqibatda 2 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etgan. Ularning biri 20 yoshda, ikkinchisi 16 yoshda bo‘lgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

Hozirgi vaqtda, holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.