Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yana is gazi: 6 kishi zaharlanib, 5 nafari vafot etdi

Kecha yana is gazidan zaharlanib vafot etganlar qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Joriy yil 20 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumani, Toshkent viloyati Angren shahri, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 6 nafar fuqarolar gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari oqibatida is gazidan zaharlanib, 5 nafari vafot etgan, 1 nafari shifoxonaga yotkizilgan.

Uchala holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19 noyabr kuni Jizzaxda 7 nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etgan edi.