Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida 305 ta yangi ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi

Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan:

➖qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) banklar tomonidan kredit ta’minoti sifatida bosqichma-bosqich garovga olish amaliyoti joriy etiladi;

➖2025 yil 1 yanvargacha ayrim qurilish materiallari va xomashyo turlarini (jadvalda keltirilgan) import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

2024 yil 31 dekabrgacha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga kafillik va kompensatsiya taqdim etiladi. Bunda:

➖kompensatsiya – kredit summasidan qat’i nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lanadi;

➖kafillik – kredit summasidan qat’i nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi;

➖kafillik va kompensatsiyalar berish uchun maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar soni qurilayotgan uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizini tashkil etishi lozim.

Qarorga ko‘ra, 2023 yilda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida (38 ta) jami 837 ta (shundan 305 tasi yangi) ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.

2023 yilda fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar) uchun 4 000 ta kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.

Farmonga ko‘ra, “Mening birinchi uyim” dasturi tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani “Turkiston” MFYda amalga oshiriladi.