Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda

Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik shodiyonasi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Samarqand shahrida o‘tkazildi. Unda viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda milliy-madaniy markazlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari B.Qodirov yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Bir piyola choy ustida o‘tgan suhbatda viloyatimizda turli millat va elat vakillari o‘zaro hamjihatlikda, tinch-totuv va ahil yashab kelayotgani, ularning o‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylashlari uchun davlatimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilganligi e’tirof etildi.

Ayni vaqtda viloyatda 741 ta nodavlat notijorat tashkiloti hamda 11 ta milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatib kelayotgani aytib o‘tildi.

Tadbirda bir guruh soha vakillari viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.