Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangi qurilgan ko‘p qavatli uyning shiftidan chelaklab oqqan suv bo‘yicha mas’ullar javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uyning shiftidan suv oqayotganli aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holatni “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi quyidagicha izohladi.

Mazkur holat Sergeli tumani 8 qurilish uchastkasidagi ko‘p qavatli uyning 2 qavatida ro‘y bergan.

2020 yilning 14 yanvar kuni xonadon egasi yangi uyga ko‘chib kelish maqsadida xonadonni bezash, ya’ni parda osish uchun karniz o‘rnatish ishlarini bajarayotgan paytda plita bo‘shlig‘idan suv oqish holati kuzatilgan.

Keyinchalik xona harorati isiganda yana ikkita nuqtada suv mavjudligi aniqlangan va suvlar chiqazib tashlangan. Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida maxsus ishchi komissiya tuzildi hamda holat atroflicha o‘rganildi. Muammo quruvchilar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilib, xonadon egasi uyni qabul qilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan xonadon egasining quruvchilarga e’tirozi yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, yangi xonadonga ko‘chib o‘tayotgan fuqarolar agar uyda mavjud kamchiliklar bo‘lsa-yu uni bartaraf etishda quruvchilar tomonidan sansalorlikka yo‘l qo‘yilayotgan bo‘lsa, unda @uzshahar_arzon_uy_joy telegram kanali orqali yozma murojaat qilishlarini so‘raymiz. Muammo tezda bartaraf etiladi.

“O‘zshahar qurilish invest” IK aholini zamonaviy, shinam va sifat talablariga to‘laqonli javob beradigan xonadonlarda istiqomat qilishni kafolatlaydi.