Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangiyo‘lda “ZIL” yonib ketdi, 3 kishi kuyish jarohatini oldi

Shu yilning 2 oktyabr kuni soat 20:26da Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Chamanzor MFY, “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 82-kilometrida harakatlanib ketayotgan, fuqaro M.S. boshqaruvida bo‘lgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea joyiga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:42 da o‘rab olinib, soat 21:00 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida yuk avtomobilining salon, motor qismi va old shinalari yonib zararlangan. Bundan tashqari, yuk avtomobilining haydovchisi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro M.S. va ikki nafar 1992 yilda tug‘ilgan yo‘lovchilar - fuqaro S.I. va fuqaro N.A. kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.