Yaponiyada Samarqand viloyatining investitsiya va turizm salohiyati taqdimoti o‘tkazildi
- 11.11.2024 15:55
- 81
- Sayohat
Yaponiyaning Gifu prefekturasi gubernatori X.Furuta taklifiga binoan Samarqand viloyat delegatsiyasi Yaponiyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Bugun viloyatning investitsiya va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va taqdimot o‘tkazildi. Tadbirda Gifu prefekturasi gubernatori, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, Samarqandning iqtisodiy imkoniyatlari va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi.
Ko‘rgazma va taqdimot jarayonida Samarqandning diqqatga sazovor joylari, turizm resurslari va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay investitsion imkoniyatlar namoyish qilindi. Mehmonlar Samarqandning o‘ziga xos sayyohlik ob’yektlari va tarixiy qadriyatlari haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tadbirkor bo‘lish uchun eng zarur narsa nima?
- Kecha, 19:50
- Iqtisodiyot
Bemorlik bilim olishga to‘sqinlik qilolmaydi
- Kecha, 17:53
- Ta’lim