Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ilg‘or terimchilarni taqdirladi

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i A.Nosirov hamda boshqarmaning bir guruh xodimlari viloyat dalalarida paxta terayotgan terimchilar bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati.

Soha xodimlari dalalarda bo‘lib, dehqon, fermer va terimchilar bilan dildan suhbatlashdi, ularning unumli ishlashlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, terimda faol ishtirok etayotgan terimchilarni pul mukofoti va estalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Kechki paytda paxtakorlar uchun bir piyola choy tashkil etildi. Dala mehnatkashlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qaytarov va viloyatimizdagi taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslardan bahramand bo‘lishdi.