Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yo‘l-patrul xodimining hushtagi kim uchun?

- Qaysi hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘lovchi avtomobillarni to‘xtatishi qonuniy hisoblanadi?

Solih Berdiyev,

Jomboy tumani.

- Yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin:

❗️haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;

❗️transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l-transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

❗️yo‘l-transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko‘rgan haydovchi yoki yo‘lovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;

❗️vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish jarayonida;

❗️transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda;

❗️maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida;

❗️transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun.

Yo‘l-patrul xodimi tomonidan boshqa asoslarga ko‘ra transport vositalarining to‘xtatilishi mumkin emas.

Samarqand viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.