Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yomg‘irli kunlar hali oldinda

Noyabr oyi boshida mutaxassislar yurtimizga kuchli sovuq havo kirib kelayotgani sababli barcha tayyorgarliklar ko‘rib qo‘yilishi zarurligini aytgandi.

Ayniqsa, 4 noyabr kuni kechqurun O‘zbekistonga Qozog‘istonning janubiy viloyatlari orqali kuchli shamol oqimi kuzatilgan. O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida ko‘tarilgan chang-g‘uborli anomal ob-havo sharoiti ko‘pchilikni jiddiy torttirdi.

Ayniqsa, ko‘tarilgan chang Toshkent shahrining havosidagi o‘zgartirib yubordi. Ba’zi hollarda chang miqdori me’yordan 30 barobargacha ortgani ma’lum bo‘ldi.

- O‘zbekistonda 150 yildan buyon anomal chang-to‘zon hodisasi kuzatilmagan. Shu kuni viloyatimiz hududida qattiq sovuq va shamol bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin chang-to‘zon deyarli kuzatilmadi. Faqat Navoiy viloyatiga tutash bo‘lgan Paxtachi tumanida birozgina sezildi, xolos. Samarqand shahrida esa ro‘y bermadi.

12 noyabrdan boshlab viloyatimizda yana havo isiy boshlaydi. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Navbatdagi yomg‘irlar 18-19 noyabr kunlariga to‘g‘ri keladi, - deydi viloyat gidrometeriologiya boshqarmasi muhandisi Jamshid Sulaymonov.

Mutaxassislar tomonidan o‘rganishlar keyingi 10 yil ichida yurtimiz iqlimida keskin o‘zgarishlar kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda. Chunki jahonda iqlim o‘zgaryapti. Bu chang-g‘uborlar iqlimshunoslar uchun signal bo‘lishi mumkin.