Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yong‘in vaqtida uy egasining hayoti saqlab qolindi

2020 yilning 23 yanvar kuni soat 03:30 da Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Qarshi shahri, Shodlik mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Unga ko‘ra, shu uyda istiqomat qiluvchi fuqaro qo‘shnisining yashash uyidan tutun chiqayotganini ma’lum qilgan.

Murojaat yuzasidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuman yong‘in-qutqaruv guruhlari soat 03:36 da yetib borib, soat 03.39 da yong‘in to‘liq bartaraf etildi.

Qutqaruv jarayonida uy egasi fuqaro P.T. tutundan zaharlanishi oqibatida hushsiz holatda aniqlangan va xavfsiz hududga olib chiqilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.