Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yong‘inga sabab bo‘layotgan transformator ta’mirlanyapti

Kecha telegram kanalimizda Qo‘shrabot tumanining Qoratosh mahallasi, Sho‘rcha qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ne’matulla Matayevning aholi xonadonlariga elektr energiyasi uzatuvchi transformatordan o‘t chaqnab, yong‘in sodir etilayotgani, oqibatda atrofdagi o‘t-o‘lan, aholi tomorqalariga zarar yetkazilayotgani haqidagi murojaati e’lon qilingandi.

Ushbu murojaat yuzasidan “Samarqand HETK” AJ axborot xizmati quyidagicha munosabat bildirdi:

"Mazkur masala “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mas’ullari tomonidan nazoratga olinib, mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbariga tegishli topshiriqlar berildi.

Ayni paytda Qoratosh mahallasi hududidagi transformator punktida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda".