Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Yoshlar shaxmat taxtasi” respublika ochiq turnirining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Yoshlar shaxmat taxtasi” respublika ochiq turnirining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada tuman hamda shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 200 nafarga yaqin shaxmatchilar dona surdi.

Murosasiz kechgan bahsda umumjamoa hisobida Samarqand shahrini himoya qilgan shaxmatchilar birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Tayloq va Paxtachi tumanlari keyingi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.