Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

YTHga uchragan Turkiya fuqarosiga yordam ko‘rsatildi

2019 yil 21 noyabr kuni soat 11:10 larda «Qamchiq» navbatchilik qismiga «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining navbatchi-dispetcheri tomonidan xabar kelib tushgan.

FVV xabariga ko‘ra, «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan Turkiya Respublikasi fuqarosi A.X. boshqaruvidagi yuk mashinasi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 249-kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan 11 va 12-nazorat postlari qutqaruvchilari hamda «Qamchiq» qutqaruv otryadidan qutqaruv guruhi yetib bordi.

Yuk mashinasini xandaqdan chiqarib olish uchun «Transyo‘lqurilish» kompaniyasining 50 tonnalik avtokrani, «Qamchiqavtoyo‘l»dan 1 ta yuklovchi texnikalari jalb etildi. Shundan so‘ng yuk mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettirgan.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi tan jarohati olmagan.