Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yuk avtomashinasi ag‘darilib ketdi

Joriy yilning 13 mart kuni tungi vaqtda Jizzax viloyati hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining dovon qismi 1011-kilometrida Bulung‘ur tumanida yashovchi B.T. “Zil” rusumli yuk avtomashinasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Oqibatda yuk avtomashinasi texnik shikastlangan, haydovchi baxtli tasodif tufayli tan jarohati olmagan.

"Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘raymiz", deyilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.