Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Yuksalish” umummilliy harakatida talabalarning ishtiroki muhim

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida “Yuksalish”  umummilliy harakati viloyati bo‘limi mutasaddilari yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda harakatning viloyat bo‘limi rahbari, viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shohruh Jo‘raqulov tashkilot tomonidan 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar, maqsad va vazifalar, ko‘ngilli yoshlardan iborat volontyorlar faoliyati xususida talabalarga gapirib berdi.

Tadbirda mamlakatimiz taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, biznes hamjamiyati, akademik doira vakillarini yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida, ixtiyoriylik asosida birlashtirish maqsadida ta’sis etilgan “Yuksalish” umummilliy harakatining yurtimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida olib borayotgan ishlari xususida hikoya qiluvchi ijtimoiy rolik namoyish etildi.

Uchrashuv so‘ngida ta’lim muassasasi prorektori Alibek Gapparov hamda bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Namozovlarga  “Yuksalish”  umummilliy harakati faxriy a’zosi sertifikati topshirildi.

Gulchehra BERDIYoROVA.