Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 14 noyabr, №143) sonida o‘qing

Hokim tadbirkorlarga murojaat qildi: «Endi viloyatdagi hokimlar, sektor rahbarlari va tegishli idoralar «Tadbirkorga ko‘makdosh, yelkadosh va madadkormiz!» shiori asosida ishlaydi. Barcha rahbarlar tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolarini hal qilishni o‘zining asosiy vazifasi deb bilishi shart».

***

Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi turizmi elchisi ekanini bilasizmi? Mashhur fransuz aktyori O‘zbekiston haqida hujjatli film suratga olayotganidan-chi? Deparde nega bu hujjatli filmning asosiy qismini Samarqandda suratga olyapti?

***

Bayroq – davlat ramzi. Televizorda sportchilarimiz sharafiga davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda qanchalar sevinamiz. Bortiga O‘zbekiston bayrog‘i rasmi tushirilgan samolyotlarimizning osmonga parvozini ko‘rganimizda-chi? Shunday paytlarda «Yashavor, o‘zbek sportchisi!», «Parvozing bexatar, bayrog‘ing yo‘ldoshing bo‘lsin, O‘zbekistonim», deging keladi.

***

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida viloyatimiz sharafini himoya qilayotgan «Dinamo» superligada, «Sherdor» proliga «A» guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Nega? «Millionlar o‘yini»ga jiddiy e’tibor qaratilmasa, ahvol kundan-kun og‘irlashaveradi, bundan nafaqat futbol jamoatchiligi, balki muxlislar ham jabr ko‘radi.