Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 19 noyabr, №145-146) sonida o‘qing

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov barchaning qalbini to‘lqinlantiruvchi fikrlar bildirdi:

- Bayrog‘imizga qaraganimizda qalbimiz faxr va g‘ururga to‘ladi. Ayniqsa, xorijiy davlatlarda g‘olib sportchilarimiz sharafiga Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilganini ko‘rganimizda yuragimiz o‘zgacha uradi. Quvonchdan ko‘zimiz porlaydi, undan kuch-quvvat olamiz, ruhlanamiz. Dunyoning barcha nuqtalarida jonajon O‘zbekistonimizning davlat bayrog‘i hilpirab tursin, bizni yuksak marralarga boshlasin!

***

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylov bo‘yicha siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti boshlandi. 

Xo‘sh, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning, umuman, partiyaning saylovoldi dasturi qanday? Gazetamizning ushbu sonida mazkur partiya g‘oya va maqsadlari haqida o‘qiysiz.

***

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kimlarning nomzodi qo‘yilgan? Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga-chi? Ushbu sonda ularning ro‘yxati bilan ham tanishasiz.

***

Keyingi vaqtlarda Samarqand shahridagi do‘konlar oldida turli qiyofalar, tasvirlar, ertak va milliy qahramonlar aks etgan haykallarga ko‘zingiz tushadi. Hayvonlarning haykallari, cholg‘u asboblari, hatto «baland tufli» odamlar uchun antiqa ko‘rinsa-da, yaxshi kutib olinmoqda. Xo‘sh, bunday dekorativ haykalchalarni kim yasayapti? Ushbu san’at, uning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?