Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 9 noyabr, №141) sonida o‘qing

Bugun viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida:

* Qandli diabet - hukm emas. Uni sog‘lom turmush tarzi bilan yengsa bo‘ladi.

* Yuqumli kasalliklar kamayayapti. Buning o‘ziga xos sabablari bor.

* Kalta oyoq va qo‘llarni o‘stirish mumkin.

* 2019 yilda Investitsiya dasturi asosida 10 ta tibbiy muassasa foydalanishga topshirildi.

* Kattaqo‘rg‘on shahrida 592 nafar shaxsga bepul dori-darmon beriladi.

***

Bir paytlar muammosi bo‘lsa-da, viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga borishga ikkilanib turgan bemorlar ko‘p edi. Bugun esa bu maskanga nafaqat teri-tanosil kasalliklaridan aziyat chekayotgan, balki yuz terisi parvarishi, kosmetologiya masalalari bo‘yicha ham murojaat qilayotganlar ko‘paygan. Sababi… Sababini bilish uchun «Respublikada ikkita bo‘lgan uskunaning bittasi Samarqandda» maqolasini o‘qing.

***

Joriy yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish qaysi mablag‘lari hisobidan qoplanadi? Hududiy okrug va uchastka saylov komissiyalariga qancha mablag‘ sarflanadi. Siyosiy partiyalarning umumpartiyaviy tadbirlari, nomzodlarning saylovoldi tashviqot va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish uchun-chi?

***

Daladagi naqshlar. Ularni kim va nima maqsadda chizyapti? Bu hodisani o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar faqat bir haqiqatni tan olishadi: ekinzorlardagi naqshlar, geometrik shakllarning hajmlari, o‘lchamlari, ko‘rinishlari shu darajada yuksak mahorat va aniqlik bilan chizilganki, Yerdagi hozirgi ilm-fan taraqqiyoti, odamzot aql-zakovati bunday san’atga qodir emas.