Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 12 mart №33) sonida o‘qing 

Joriy yilgi chaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga qabul qilingan yigitlarning dastlabki guruhi xizmatga kuzatildi. Xo‘sh, joriy yilda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni saralash oldingilaridan nimasi bilan farq qiladi? Bu yildan yoshlarni harbiy xizmatga chaqirishning qanday tizimi amaliyotga joriy etilmoqda? Ilgari chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi qaror tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i tomonidan qabul qilinardi. Endi-chi? Nega chaqiriluvchilarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mas’uliyati endilikda harbiy gospitallar shifokorlari zimmasiga yuklatildi? 

****

Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholining liftlarni ishlamayotgani yoki tez-tez buzilib turishidan norozi bo‘lmoqda. Bunga sabab nima? Nega lift ishlamay qolsa, darrov aholi pul yig‘ishni boshlaydi? Axir shirkat yoki ularni ta’mirlashga javobgar bo‘lgan ta’mirlovchi korxona bor-ku. Qolaversa, shirkatning o‘zida lift ustasi va santexnik bor. Nega ular o‘z vaqtida ta’mirlamaydi? 

«Al Buxoriy» uy-joy mulkdorlari shirkatiga qarashli 53-ko‘p qavatli uyning bir yo‘la beshta liftining yuk ko‘tarish qurilmalari o‘g‘irlab ketilgan, shu sababli yuqori qavatlarda yashovchi aholi sarson bo‘lmoqda. Bu qanday hal etiladi?

****

Keyingi yillarda jamiyatda o‘qituvchining nufuzi ortdi, ularga keng imkoniyatlar yaratildi. Aynan shunday sa’y-harakat sabab o‘qituvchilar ko‘cha tozalash, paxta dalalarida sarson-sargardon yurishdan xalos bo‘ldi. Mehnat qonunchiligiga qat’iy amal qilish ham avvalgidan o‘zgardi va majburiy mehnatning oldi olinmoqda. Biroq yaqin bir-bir yarim yil ichida ijtimoiy tarmoqlarda “O‘qituvchi majburiy mehnatga jalb qilindi” mavzusidagi ma’lumotlar ko‘payib ketdi.

Ushbu holatlarni surishtirsak aksariyati o‘qituvchilarning maktab va uning hovlisida olib borilgan obodonlashtirish ishlarida qatnashganligi bilan bog‘liq ekan. Xo‘sh, maktabni kim obod qiladi: farrosh, qorovul va xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarigina xolosmi? Inson o‘zi ishlab, bola-chaqasining rizqini topayotgan maskanning toza-ozodaligi, obodligiga qanday befarq qarashi mumkin? Ziyo maskanini shu yerdagi ustozlar hamjihat bo‘lib bog‘u rog‘ga aylantirmasa, uni chetdan kelib birov qilib beradimi?