Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 15 fevral, №20) sonida o‘qing

Prezidentimizning 2018 yil 16 martdagi va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyundagi qqarori bilan viloyatimizda 17 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan edi. Ushbu qarorga ko‘ra, viloyatdagi kichik sanoat zonalarini uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash, yo‘llar qurish ishlari bajarilishi belgilangan. Xo‘sh, o‘tgan vaqt davomida viloyatimizdagi kichik sanoat zonalarida qanday loyihalar joylashtirildi, tadbirkorlar kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlandimi? Bulung‘ur tumanidagi sobiq “Kildon” aksiyadorlik jamiyati negizida tashkil etilgan kichik sanoat zonasidagi ahvol tadbirkor tugul, xaridorlarning talabiga javob bermaydi.

***

Endi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadon beriladi. Xo‘sh, uni kimlar olishi mumkin? Qay tartibda? Buning uchun kimga, qaysi idoraga murojaat qilish kerak? Mehnat migranti o‘rniga uning nomidan oila a’zosi, masalan, otasi, onasi, farzandi, aka-ukasi, opa-singlisi murojaat qilish mumkinmi? Bu savollarga “Mehnat migrantlariga uy beriladi. Kimlar olishi mumkin?” maqolasi orqali to‘liq javob olish mumkin?

***

Bugun bozorda bir kilo baliq narxi 25-40 ming so‘m. Bu arzonmi yo qimmat? Albatta, qimmat. Sababi nima? Baliqchilik rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolar nimada? Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirish bilan sifatli “luqmai halol” yetishtirish oson emasligini bilamizmi? Baliqchilikni rivojlantirish sun’iy suv havzalari uchun yer maydonlari geologik qatlami va suv ta’minoti o‘rganib chiqilishini-chi? Ayrim xo‘jaliklarda baliq turlari, naslchilik va chavoq baliqlantirish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan. Baliq yem-ozuqasi ratsion bo‘yicha ishlab chiqarilmayotgani, qolaversa, suvni o‘g‘itlash, suvdagi kislorod miqdori va Ph ko‘rsatkichlar normalari nazorat qilinmayapti.