Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 19 mart №36) sonida o‘qing

Bugungi kunda maktab o‘quvchilarining bilim darajasi qanday? Viloyatimizdagi har bir tumandagi o‘quvchilardan ona tilidan sinov diktanti olinganda belgilangan 12,5 ball o‘rniga Past Darg‘om tumanidagi 17, 18-, Payariqdagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari 1 ball atrofida baho olgan. Boshqa fanlar bo‘yicha ham bu tumanlarda ahvol achinarli. Buni qanday baholash mumkin? Yoki viloyatdagi 356 ta maktabdan 2019-2020 yilda oliy ta’lim muassasalariga birorta ham bitiruvchi kira olmagan. Bir o‘ylab ko‘raylik: maktabdagi bu ahvol uchun kim javob beradi? Shu maktablar, tuman xalq ta’limi bo‘limlari rahbarlari ota-onalar, bolalar, jamoatchilikka buning sababini tushuntirib bera oladimi? Ularning bu lavozimlarda ishlashga haqlari bormi?

***

Dunyo ahlini sinovdan o‘tkazayotgan “tojdor” virus yurtimizda ham aniqlangach, ko‘pchilik vahimaga berilib, o‘zini bozorga urdi. Nima emish tez orada do‘konlarda mahsulot qolmaydi, g‘amlab qo‘yish kerak yoki mahsulot bo‘lsa ham narx-navo ko‘tarilib ketadi. Xo‘sh, aslida mavjud holat qanday? Bozorlarimizda narx-navo mo‘’tadilmi? Narxlarning sun’iy oshib ketishining oldini olish bo‘yicha nima ishlar amalga oshirilyapti?

***

Jamoat transportini shaharning ko‘zgusi deyish mumkin. Yo‘lovchi tashish transporti ishiga qarab, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, haydovchilarning harakat xavfsizligiga nechog‘lik rioya etayotganiga baho bersa bo‘ladi. Afsuski, ayrim rahbarlar ularga insonni tashish ishonib topshirilganini unutib qo‘yishadi. Shunday firmalar borki, haydovchilar tarkibi bilan umuman shug‘ullanmaydi. Na zarur yig‘ilish o‘tkazadi, na harakat xavfsizligi, na xizmat madaniyati haqida eslatadi. Ish kunlari o‘z holicha o‘tadi. Rahbarlar transport qatnovini nazorat qilish, nuqsonlar va qoida buzilishlarini aniqlash uchun mustaqil ravishda reydlar o‘tkazishni esdan chiqargan.