Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 27 fevral, №26) sonida o‘qing

Bu yil Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi yurtimizda keng nishonlanadi. Hademay 9 may keladi. Joylarda xotira va qadrlash tadbirlari o‘tkaziladi. Bu tadbirlar asosan Xotira maydonlarida tashkil etiladi. Xo‘sh, ayni paytda tuman va shaharlardagi bunday xiyobonlar qanday holatda? U yerdagi holat, saranjom-sarishtalik xotirangizdan ko‘tarilmaganmi, hurmatli mas’ullar?..

***

2019 yil davomida viloyatimizda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari 4804 tani tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan kammi yoki ko‘p? Xo‘sh, qaysi holatlar ko‘proq ajrimlarga sabab bo‘lmoqda? Oilaviy kelishmovchilik tufayli 2879 ta, moddiy jihatdan qiynalganlik sababli 464 ta, farzandsizlik oqibatida 272 ta, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruju qo‘yishga oid 160 ta, boshqa sabablarga ko‘ra 1643 ta holatda sudlarga nikohdan ajrashish uchun ariza berilgan. Bu ko‘proq nikoh ko‘p holatlarda taraflarning g‘ururi, qarindoshlarning shaxsiy adovati, noto‘g‘ri aytilgan so‘zdan buzilib ketayotganidan dalolat emasmi?

***

Urgut tumanining Zarafshon tog‘ yonbag‘ridagi G‘ijduvon, Murodqishloq, Choshtepa, To‘rtko‘l hamda Qoldivoyjar mahallalari aholisini qiynayotgan masala nima? Dehqonchilikka yaroqli 5-6 ming gektar yerdagi ekinlarni sug‘orish uchun suv yetishmas ekan. Shuning uchun ular shu hududda suv ombori qurilishida ko‘mak so‘rab viloyat, tuman hokimliklariga, qolaversa, respublikadagi yuqori tashkilotlarga murojaat qilmoqda. Bu masala qanday yechim topadi?