Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 5 mart №29) sonida o‘qing

Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad nima? Biz Imom Abu Mansur Moturidiy haqida nimalarni bilamiz? Moturidiya ta’limoti haqida-chi? Moturidiylikning mafkuraviy asosi nima? Moturidiya kalom maktabiga oid yangi manbalar, ushbu ta’limotning bugungi kundagi ahamiyati nechog‘li? Xalqaro konferensiyaga dunyoga mashhur Al-Azhar majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi shayx Ahmad Tayyib, E’tiborli ulamolar kengashi Bosh kotibi Abdulloh Abdulg‘aniy Sarxan, Gamburg universiteti Dunyo ilmlari akademiyasi professori, doktor Hurayra Kam singari islom dinining yirik vakillari kelgani uning nufuzi va ahamiyati yuqoriligidan dalolat emasmi?

***

Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda xalq deputatlari viloyati Kengashi nega Samarqandda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir tashkil etdi? 2019 yil viloyatda 174 ta mansab suiiste’molchiligi va poraxo‘rlik jinoyatlari sodir etilgan. Maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari xodimlariga nisbatan 60 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qariyb 1 milliard so‘mlik zarar undirilib, 86 nafar rahbar va xodimga jazo qo‘llanilgan. Endi ayting, bu illatga qarshi turish faqatgina huquq-tartibot idoralarining vazifasimi yo barchaning ishi? Poraxo‘rlikni oldini olish, uni batamom tugatishga qachon erishiladi?

***

Uyidan chiqib ketib, uyiga qaytishni istamayotgan bolalar… Ular kimlar? Tarbiyasi og‘ir, maxsus maktab internatida tarbiyalanib, uyiga qaytgan bolalarni uyida qanday vaziyat kutmoqda? Ularning yashashi, to‘kis bo‘lmasa-da, har holda aniq bir makon va mehrga ega bo‘lishlari uchun qanday imkoniyatlar bor? Bu borada balki bolalar bilan emas, ota-onalar bilan ko‘proq ishlash kerakdir. U tug‘ilajak farzandiga otalik yo onalik qiloladimi? Yoki farzandli bo‘lsa bo‘ldimi, qolgani o‘z yo‘lida davom etadimi? Ota-onaning tushunchasi qanday?