Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 6 fevral, №16) sonida o‘qing

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Xo‘sh, sessiyada nima masalalar ko‘rildi? Inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy vakili (Ombudsman)ning 2019 yildagi faoliyati qoniqarli, deb topildimi? “Snos” oqibatida imorati buzilgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lovlari mulkning bozor qiymati va mulkdorning roziligi asosida amalga oshirilyaptimi? Dabdabali to‘ylar barchani bezor qildi. Uni kamchiqim va kamxarj o‘tkazishda qanday tadbirlar qo‘llash zarur? Oliy o‘quv yurtlarimiz qachon xalqaro reytinglarda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi?

***

Jomboy tumani Beshbola mahallasi 2019 yilda “Obod qishloq” dasturi asosida obodonlashtirilgan, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Ammo mahallaga qarashli Mingbuloq qishlog‘ining ichki ko‘chalari yozda chang, qishda loy bo‘ladi. Achinarlisi, qishloqda 20-22 xo‘jalik yashagan paytlarda, ya’ni o‘tgan asrning 70-yillarida o‘rnatilgan simyog‘ochlar “umr”ini o‘tab bo‘lgan, simlarga suyanib turibdi. Bu esa inson hayoti uchun xavfli. Ammo elektr simi tortilgan ustunlarning aksariyati qo‘lbola simyog‘ochlardan iborat.  Buni tumandagi mutasaddilar qachon hal qilar ekan?

***

Kimga qanday, bilmadimu shaxsan menga internet degani yoqmayapti. Avval yaxshi edi, ammo-lekin keyingi paytda hamma narsa shu matohga o‘tib ketayotgani asabimni buzyapti. O‘tgan yil yangi kelgan rahbarimiz endi yuqori idoralarga ham, quyi tizimga ham hujjatlarni elektron shaklda yuboramiz, shu tarzda qabul qilamiz, qog‘ozdan foydalanmaymiz, degandi.

Bu gaplarni avvalgi boshliqlardan ham eshitganimiz uchun unchalik e’tibor qilmagandim. Ha, endi yangi rahbar, yangicha ishlaymiz, deb aytdi-qo‘ydi-da, deya o‘ylagandim. Yo‘q, adashgan ekanman. Tez orada yangi tizim ishga tushib, hujjatlar elektron shaklda aylana boshladi.