Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 7 mart №30-31) sonida o‘qing

«Ayol siymosida avvalo mehribon ona, munis opa-singillar, jajji qizlarimiz ko‘z oldimizga keladi. Hayotimizni opa-singillarimizning oila va jamiyatdagi faol ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugun viloyatda sanoat, iqtisod, qishloq xo‘jaligi, savdo, xalq ta’limi, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda jami besh ming nafarga yaqin ayollar rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2 nafar, viloyat kengashiga 22 nafar, tuman, shahar kengashlariga 130 nafar ayollar deputat bo‘lib saylandi. Kattaqo‘rg‘on shahriga G.Alimovaning hokim etib tayinlanishi ham jamiyatimizda ayolning mavqeini ko‘tarishga qaratilgan e’tibor natijasidir». Samarqandda faol xotin-qizlar, faxriy onaxonlar, keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilgan bayram tantanasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ana shunday iliq tilaklarini bildirdi.

***

Bugungi ta’lim sohasidagi ahvolimiz qanday? Malakali kadrlarning jamiyatdagi hissasi va o‘rni talabga javob beradimi? Bugungi kunda mamlakatimizda mehnatga qobiliyatli aholining atigi 35 foizidan sal ortiqrog‘ini oliy ma’lumotlilar tashkil etishini qoniqarli, deyish mumkinmi? Axir, rivojlangan mamlakatlarda mehnatga qobiliyatli aholining 80-90 foizi oliy ma’lumotga ega-ku. Chinakam ma’rifatli va madaniyatli bo‘lish uchun intilib yashash kundalik hayotiy ehtiyojimizga aylanishi kerak. Lekin amalda shunday bo‘lyaptimi?

***

Hoji Ali Hakim Termiziy «Navro‘znoma» asarida yozishicha, Navro‘z yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, yil ne’matlarga boy bo‘ladi, to‘qlik hukm suradi. Navro‘z dushanba kuni doxil bo‘lsa, yil davomida to‘qlik bo‘ladi, ne’matlar mo‘l, yomg‘ir ko‘p yog‘adi. G‘o‘za yaxshi, kunjut, tariq, qo‘noq miyona o‘rtacha bo‘ladi. Bu ayyom seshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, kundan kun taomlar serob bo‘lib, ma’murchilik hukm suradi. Ekinlar erta ekilsa, mo‘l hosil beradi, yil oxirida sel ko‘p, yomg‘ir kam bo‘ladi. Bu yil Navro‘z shanba kuni kelar ekan. Xo‘sh, bahor ayyomi haftaning bu kunida kelsa, tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi, dehqonchilikda-chi?