Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Zarnews.uz’ga murojaat. Soliq inspeksiyasi kechqurun ishlamayaptiku

Zarnews kanalida 9 oktyabr kuni «Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni unutmang»  nomli postda soliq idoralari 20:00 gacha ishlaydi, deb e’lon berilgandi.  Shunga ishonib 10 oktyabr kuni ishdan chiqib, 18:48 da soliq qarzdorligimni bilish va to‘lash uchun Samarqand shahar soliq inspeksiyasiga kelib 10-sonli okoshkadan so‘rasam “ish vaqtimiz tugadi”, deb javob berdi. “Aka, internetda e’lon berilgan ekan, shuning uchun keldim”, desam “o‘sha admin ko‘rib bersin qarzingizni” degan javob oldim.

Sardorbek Usmonov nomli internet foydalanuvchi.