Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“ZO‘R” (“Klass”) loyihasining birinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamkorligida “ZO‘R” (“Klass”) loyihasining 1-bosqichi yakunlari bo‘yicha ijobiy natija ko‘rsatgan pedagoglarga sertifikat topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i Z.Shodiyeva mazkur hamkorlik orqali viloyatimiz maktablarida rus tilini o‘qitish, o‘rgatish sifati sezilarli darajada yaxshilanayotganini alohida ta’kidladi.

Xalq ta’limi vazirligi hamda Rossiya maorif vazirligi bilan hamkorlikdagi respublikamiz maktablarida rus tili fani va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitishning sifatini oshirishga qaratilgan “ZO‘R” (“Klass”) loyihasining 1-bosqichida viloyatimiz umumta’lim maktablarining 400 nafar o‘qituvchisi ishtirok etdi. Ulardan olingan testlar natijasida o‘qituvchilarning 217 nafari rus tilini bilish bo‘yicha S1 darajasi sertifikatiga ega bo‘ldi. 383 nafar o‘qituvchining pedagogik kompetensiyasi yuqori baholandi. O‘quvchilarning rus tilini bilish darajasini aniqlash testlari natijalariga ko‘ra, 32 nafar 9-sinf o‘quvchisi V1, 33 nafar 11-sinf o‘quvchisi V2 darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Tadbirda S1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Viloyatimizda endi “ZO‘R” (Klass) loyihasining 2-bosqichi boshlanad . Bunda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari maktablarimizda rus tili va rus tilida o‘qitiladigan umumta’lim fanlaridan o‘quvchilarimizga saboq beradi.

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.